
Ekran o’lchami:
Shrift o’lchami:
Ish vaqti
08:00-17:00
oltiariq_akm@natlib.uz
+998911309005


Asosiy
Kutubxonamiz haqida
Kutubxona tarixi
Oltiariq
tumani axborot-kutubxona markazi 1969-yilda qurilgan bo‘lib, dastlab tuman madaniyat
bo‘limi qoshida faoliyat olib borgan.
2007-yilgacha
tuman hududidagi tarmoq kutubxonalari uchun asosiy markaz bo‘lib xizmat qilgan.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini
axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 381-sonli qaroriga muvofiq axborot-resurs markaziga
aylantirilib, tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufiga o‘tkazilgan.
Kutubxona
2019-yilgacha tumandagi maktab muassasalari uchun metodik hamda ularning faoliyatini
nazoratga olish markazi bo`lgan.
2019-yil
oxiriga kelib Oltiariq tumani axborot-kutubxona markazi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga
axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4354-sonli
qaroriga asosan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tizimida qayta tashkil etildi. Kutubxona
tuman markazida, aholining barcha qatlami uchun qulay joyda joylashgan.
Shuningdek, Oltiariq tumani Yangiqo‘rg‘on MFY, Olmazor MFY,
Polosonobod MFY hamda Povulg‘on MFYda axborot-kutubxona
markazi filiali mavjud.
2019-yilda Oltiariq tumani axborot-kutubxona
markazi balansiga o‘tkazilgandan so‘ng aholiga kutubxona sifatida xizmat
ko‘rsatib kelmoqda.
Hozirgi kunda axborot-kutubxona markazi 12000 dan ziyod yoshlar
va uyushmagan aholiga hamda ijtimoiy tarmoqlarda 5000 dan ortiq
kitobxonlarga xizmat ko`rsatib kelmoqda. Tumanda aholini kamrab olish darajasi
22% ni tashkil qiladi.
Bugungi
kunda Oltiariq
tumani axborot-kutubxona markazining umumiy fondi 65825 tani tashkil etib, 43818
nomda / 63669 nusxada bosma va elektron nashrlardan iborat.
Ushbu adabiyotlarni tillar kesimida tahlil qiladigan
bo‘lsak, 48553 dona o‘zbek tilidagi, 15101 dona boshqa tillardagi adabiyotlarga
to‘g‘ri keladi.
Kutubxona xizmatlarini keng yo‘lgan qo‘yish maqsadida
markazda 4 ta bo‘lim faoliyat olib bormoqda (abonement va foydalanuvchilarga xizmat
ko‘rsatish bo‘limi, axborot-bibliografiya bo‘limi, fondlarni to‘ldirish, saqlash
va ularga ishlov berish bo‘limi, AKT va raqamlashtirish bo‘limi).
Barcha xodimlar kompyuterda, avtomatlashgan
ish joylarida hamda ofis texnikasi bilan ishlash ko‘nikmalariga ega. Oltiariq
tumani axborot-kutubxona markazi 2023 yilda Oltiariq tumani Maktabgacha ta’lim
tashkiloti binosida o‘z ish faoliyatini boshlab kelmoqda.
Kutubxonada doimiy ravishda kitob va mutolaani
targ‘ib qiluvchi turli tadbirlar o‘tkazib boriladi: davra suhbatlari, aksiya,
mashhur kishilar bilan uchrashuvlar, badiiy kechalar, turli-tuman ko‘rgazmalar
shular jumlasidandir.
Kutubxonada “Anvar Obidjon”, “Mohir qo‘llar” klubi
faoliyat olib bormoqda.
AKM shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda https://t.me/OltiariqAKM, (http://www.facebook.com/OltiariqAKM, http://www.instagram.com/oltiariq_akm/, https://x.com/Oltiariq_AKM, http://www.youtube.com/@OLTIARIQ_AKM ) tuman AKMning rasmiy sahifalari yaratildi
va doimiy kitob targ‘ibotlari, kutubxona hayotidagi yangiliklar, tumanimizning
mashhur kishilari bilan uchrashuv kabi tadbirlar yoritib borilmoqda.
AKT va raqamlashtirish bo‘limi tomonidan 2023-yildan buyon 2043 dan ziyod adabiyotlar
raqamlashtirildi.
Xulosa qilib aytganda, kutubxona – bu jamiyatning
intellektual, ma’naviy va madaniy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan muhim institutdir.
U bilim manbai, ma’naviyat
o‘chog‘i va ijtimoiy aloqalar markazi sifatida aholining har tomonlama kamol topishiga
beqiyos hissa qo‘shadi. Oltiariq tumani axborot-kutubxona markazi ham o‘z faoliyati
orqali bu muhim vazifalarni sitqidildan bajarib kelmoqda.
Manzil: Oltiariq tumani, Bozorboshi MFY,
Bozirboshi ko‘chasi
Geolokatsiya:https://maps.google.com/maps?q=40.392821,71.476165&ll=40.392821,71.476165&z=16
Kutubxonamiz a’zosi bo‘lish orqali siz minglab kitoblarga, maqolalarga va elektron resurslarga erkin kirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. A’zo bo‘lish jarayoni oddiy va tez: faqatgina ro‘yxatdan o‘ting va bilim olamiga sho‘ng‘ing. Hozirdanoq a’zo bo‘ling va imkoniyatlaringizni kengaytiring!